CTH, OTHM va IFG dasturlarining hamkor universitetlariga kirish kafolati

Foundation CTH, OTHM yoki IFG dasturida olingan ta’lim rasmiy sertifikat bilan tasdiqlanadi. Ushbu sertifikat siz tanlagan dasturning hamkor universitetlarida o’qish huquqini beradi.

Eng maqbul vaqtda va maqbul narxda

Bugungi kunda Toshkentda atigi to'qqiz oy kifoya qiladi, bu eng qimmat elita maktabida o'n yillik tahsildan yoki universitetga tayyorgarlik ko'rish paytida chet elda yashash yilidan ancha tezroq va foydaliroq.

Foundation dasturi bu nima?

Britaniya maktabining ta’lim tizimi shunday loyihalashtirilganki, o’rta ta’lim sinovidan o’tgan o’quvchilar oliy ta’lim olish uchun maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari lozim.

Bu tayyorgarlik maktabning so’nggi ikki yilida davom etadi va Buyuk Britaniyada A-Levels deb nomlanuvchi sinovlar bilan tugaydi. Bu imtihondan muvaffaqiyatli o’tganligi haqidagi sertifikat britan maktab bitiruvchisini universitetga kirishini ta’minlaydi-bu majburiy talab hisoblanadi.

Foundation — Britaniya maktablarida tahsil olmagan bitiruvchilar uchun Britaniya universitet ta’lim tizimiga tayyorgarlik ko’rish imkonini beradigan dasturdir (bu, shuningdek, AQSH, Kanada Avstraliya, Yangi Zelandiya uniersitetlarida ham qabul qilinadi).

01

OTHM dan Biznes boshqaruvi (Business Studies) Foundation dasturi

Ushbu dastur o’zining kelajagini va tadbirkorlikni boshqaruv yoki marketingda ko’rayotganlar uchun mos keladi. Xalqaro miqyosda tan olingan kurslar talabalarni biznes tuzilishi va ish yurutuviga e’tiborini qaratgan holda biznes nazariyasi asoslari bilan tanishtiradi. Dasturni o’tish biznes bilan bog’liq keyingi fanlarni o’rganish va kelgusida dunyodagi nufuzli oliy o’quv yurtlariga kirish uchun zaruriy bilim darajasini kafolatlaydi.

OTHM Busines Studies dasturini yakunlagandan so'ng quyidagi sohalarda bakalavr ta'limini davom ettirish mumkin

  1. Business Studies and Law BSc
  2. Computer Science
  3. Accounting
  4. Finance
  5. Human Resources
  6. Marketing
  7. Business Studies
  8. Business and Healthcare Management
  9. Business and Hospitality Management
  10. Business and Tourism Management
  11. International Business & Management
  12. International Relations, Politics and Security Studies BA
  13. Law with Business and Management
02

CTH dan Turizm va mehmonxona biznesi (Tourism and Hospitality) Foundation dasturi

Ushbu dastur turizm va mehmonxona biznesi sohalarida oliy ma’lumot olish va o’z kasb-hunar faoliyatini qurishni rejalashtirgan abiturientlarga qaratilgan. Bu kursni tugatgandan so’ng, talabalar shu sohada fundamental bilim oladilar, zaruriy ko’nikmalar majmui va Bakalavr dasturida ta’limni davom ettirish uchun zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtiradilar.

CTH Tourism and Hospitality dasturini yakunlagandan so'ng quyidagi sohalarda bakalavr ta'limini davom ettirish mumkin

  1. Tourism and Hospitality Management
  2. Accounting & Hospitality and Tourism Management
  3. Business (Tourism)
  4. Hospitality, Tourism and Event Management
  5. BA in Tourism Studies
  6. Bachelor in Leisure and Event Management
  7. Tourism Management and Marketing
  8. International Tourism Business Management
03

IFG dan biznes va iqtisodiyot sohasidagi Foundation (Business Stream) Dasturi

Ushbu dastur xalqaro munosabatlar, siyosat, huquq, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va biznes sohalarida oliy ta’lim olishni istagan talabalar uchun mo’ljallangan.

IFG Foundation Business Stream dasturini yakunlagandan so'ng quyidagi sohalarda bakalavr ta'limini davom ettirish mumkin

  1. Finance and Business Analytics BSc
  2. Accounting and Finance (with Industrial Experience) BSc
  3. Business (with Industrial Experience) (Cornwall) BSc
  4. Business and Management BA
  5. Business Economics BSc
  6. Economics and Finance BSc
  7. Law with Business

Kirish shartlari

  • IELTS sertifikatining 5.5 dan kam bo’lmagan yoki unga teng balli nusxasi
    • IELTS (Overall 5.5; Writing 5.0);
    • CEFR (B2);
    • Cambridge English (Overall 162; Writing 154);
    • TOEFL iBT (Overall 72; Writing 14);
    • Duolingo (90);
    Qolgan sertifikatlar individual tarzda o'rganib chiqiladi.
  • O’rta yoki o’rta maxsus ta’lim ma’lumotnomasining nusxasi
  • Pasport nusxasi
  • Universitetning to’ldirilgan anketasi

To'lov

IFG dan biznes va iqtisodiyot sohasidagi Foundation (Business Stream) Dasturi
98,000,000 so'm
CTH dan Turizm va mehmonxona biznesi (Tourism and Hospitality) Foundation dasturi
72,000,000 so'm
OTHM dan Biznes boshqaruvi (Business Studies) Foundation dasturi
72,000,000 so'm

2020-2021 akademik yili o’quvi uchun to’lov tartibi:

  • 1
    31,000,000 so'm - dasturga yozilish uchun
  • 2
    - Qolgan qiymatning 50% qismi ta'lim dasturi boshlanguniga qadar
  • 3
    - Qolgan qiymat — ikkinchi semestr boshlanguniga qadar

Grantlar

UK School of Business da 100% ga qadar grant asosida ta’lim olish imkoniyati mavjud.⠀

Quyidagi yutuqlardan 1 va undan ko'pi talabalar to'liq yoki qisman grant asosida ta'lim olish imkoniyatini berishi mumkin:

  • IELTS – 7.5 yoki yuqori;
  • Respublika yoki jahon miqyosidagi olimpiadalardan sovrindorlik;
  • Ijtimoiy loyiha va tadbirlarda ishtirok (talabalar uyushmasi, volontyorlik va hokazo);

Grantga ariza topshiruvchi talabalar grant yutsalar UK School of Business hamda uning talabalari ravnaqi yo'lida nimalar qilishlari haqida 2 daqiqagacha bo'lgan video tayyorlashlari lozim.

Hujjatlar 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Apply Now - Send us an email on admission@uksb.uz and we will contact you back

Biz haqimizda

UK School of Business — O’zbekiston abiturentlari uchun sifatli xalqaro ta’lim berishni maqsad qilgan tashkilotdir.

Foundation — O’zbekiston hududida joylashgan maktablarning bitiruvchilari Toshkentdan turib, chet elning nufuzli universitetlarining Bakalavr dasturlariga tayyorgarlik ko’rish imkoniyatini beruvchi eng sara dasturdir.

UK School of Business jamoasi ko’p yillik xalqaro ta’lim sohasidagi professional mutaxassislar va ko’p yillik tajribaga ega xorijiy o’qituvchilardan tashkil topgan.

Ta’lim — bu kelajakdagi yuqori martaba va hayotning mustahkam poydevoridir. Biz har bir kishi mavjud bo’lgan imkoniyatlardan eng yaxshi tarzda foydalangan holda bu poydevorni mustaqil ravishda yaratish huquqiga ega deb bilamiz.

Bizning jamoa

  • David Thompson
    Business Studies and Economics Instructor

  • Islam ElHadary
    Information Technology Instructor

Aloqa

Ta'lim dasturiga ariza qoldiring

© UKSB 2020-2021